Ot sportining uch kurash yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati nihoyasiga yetdi!
Andijon viloyatining Andijon tumanidagi Chavandozlar maktabida ot sportining uch kurash yo‘nalishi bo‘yicha kattalar o‘rtasida yakkalik va jamoaviy dasturlar bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.
Musobaqada yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan eng kuchli chavandozlar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, ot bilan uyg‘un harakatlari va strategik yondashuvlari orqali g‘alaba uchun kurash olib borishdi.
Bellashuvlar yakunida g‘olib va sovrindorlarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. G‘oliblarga medal, diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.