O‘zbekiston chavandozlari Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan CDI1 *xalqaro musobaqasida g‘alaba

O‘zbekiston chavandozlari Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan CDI1 *xalqaro musobaqasida g‘alaba qozondi 🇺🇿🎉🇰🇬

2025-yil 16-may, Bishkek shahri (Qirg‘iziston Respublikasi) – Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tayotgan nufuzli xalqaro ot sporti musobaqasi – CDI1* doirasida O‘zbekiston terma jamoasi sportchilari ot yórttirish (dressaj) yo‘nalishida yuqori natijalarga erishib, mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilishdi.🐎

Musobaqaning jamoaviy bellashuvlarida Derevyanka Alyona, Shvetsova Alina va Chistikova Elenadan iborat O‘zbekiston terma jamoasi umumiy hisobda 1-o‘rinni egalladi. Ushbu yutuq O‘zbekiston ot sporti rivojida muhim burilish bo‘lib, xalqaro maydondagi raqobatbardoshligimizni yana bir bor tasdiqladi.🏆🥇

O‘zbekiston ot sporti federatsiyasi mazkur muvaffaqiyatni mamlakatimiz sport tarixidagi muhim voqea sifatida e’tirof etadi. Sportchilarimiz tomonidan ko‘rsatilgan yuqori darajadagi tayyorgarlik, fidoyilik va professionallik barchamizga faxr bag‘ishlaydi.

Federatsiya barcha ishtirokchi sportchilar, murabbiylar hamda musobaqani yuksak saviyada tashkil etgan mezbonlarga chuqur minnatdorlik bildiradi. Kelgusida ham sportchilarimizga yuksak zafarlar va omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.📚⚜️📊
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️

Федерация конного спорта Узбекистана с радостью сообщает о значимом достижении наших спортсменов на международной арене.🌏🔖

В рамках проходящих в Кыргызской Республике престижных международных соревнований по выездке — CDI1*, национальная сборная Узбекистана показала выдающийся результат. В дисциплине выездка (дрессаж), в командных заездах, сборная команда Узбекистана в составе Алены Деревянко, Алины Швецова и Елены Чистиковой заняла 1-е место.🥇🏆

Данная победа имеет особое значение для всей спортивной общественности Узбекистана и свидетельствует о стабильном росте профессионализма наших спортсменов, их высокой подготовке и приверженности делу.

Федерация выражает благодарность всем спортсменам, тренерам, организаторам турнира, а также партнёрам, содействующим развитию конного спорта в Узбекистане. Мы искренне верим, что впереди нас ждут новые успехи и международные победы.🏆🌏
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
#jumpingregulations #feijumping #dunyoxabaralari #sportyangliklari #uznews #dressage