📍Ostona, Qozog‘iston
📅2025-yil 31-may
Evroosiyo Ligasi musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda
2025-yil 29-maydan 1-iyun kuniga qadar Qozog‘istonning Ostona shahrida nufuzli Evroosiyo Ligasi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu musobaqada 7 davlatning eng kuchli jamoalari ishtirok etmoqda.📝
O‘zbekiston terma jamoasi turnirda faol ishtirok etib, ot sportining “dressage” yo‘nalishida yuksak natijalarga erishmoqda.⚜️
2025-yil 31-may kuni o‘tkazilgan musobaqa natijalari quyidagicha:
CDI yo‘nalishi:🔗
🥇Karkavseva Ekaterina (Qirg‘iziston) 🇰🇬– Botsman
🥈Alyona Derevyanko (O‘zbekiston) – 🇺🇿Monchshof’s Red Diamond
🥉Karina Zharlyapgapova (Qozog‘iston) – 🇰🇿Graver
Yana bir yo‘nalish bo‘yicha:
🥇Shvetsova Alina (O‘zbekiston) – 🇺🇿Zamperoni
🥈Shvetsova Alina (O‘zbekiston) – 🇺🇿Nocito De Muze
🥉Karkavseva Ekaterina (Qirg‘iziston) – 🇰🇬Botsman
Mazkur natijalar O‘zbekistonlik sportchilarning xalqaro maydondagi yuksak salohiyati va jiddiy tayyorgarligini yana bir bor tasdiqlamoqda.
👉Barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz va ularning kelgusi sport faoliyatida ulkan yutuqlar tilaymiz.⚜️🏆🎉
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
#SportYutuqlari #dressage #OtSporti #feijumping #KonniySport