O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida ot ustida kamon otish va jigitovka sporti bo‘yicha hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda✨✨✨
2025-yil 2-iyul kuni O‘zbekistonga Xalqaro ot ustida kamon otish hamda Xalqaro jigitovka federatsiyasi vakillari tashrif buyurishdi. Ushbu tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi sport aloqalarini rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan muhim voqea hisoblanadi.🔖
Delegatsiya tarkibida Rossiya ot ustida kamon otish federatsiyasi Prezidenti va Xalqaro federatsiya bosh kotibi Sergey Odinokov, federatsiya Byurosi a’zosi Sergey Lyubimov hamda Rossiya terma jamoasi a’zosi, professional sportchi Timofey Yushin ishtirok etdi.🖇️📌
Tashrif davomida O‘zbekistonlik mutaxassislar bilan tajriba almashildi, ot ustida kamon otish va jigitovka sport turlarining rivojlanishi, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik yo‘nalishlari va kelgusidagi qo‘shma loyihalar muhokama qilindi.
Mazkur tashrif natijasida ikki federatsiya o‘rtasida hamkorlik memorandum imzolandi, bu esa sport sohasidagi xalqaro aloqalarni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi bunday hamkorlik kelajakda ot ustida kamon otish va jigitovka sportlarini rivojlantirishda yangi imkoniyatlar ochib beradi va ushbu sport turlarining ommalashuviga katta hissa qo‘shadi.
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#feijumping #OtSporti #dunyoxabaralari #sportxabarlari #Live #uz #sportuz