O‘zbekistonlik chavandozlar Yevroosiyo ligasining ot sporti bo‘yicha musobaqasida ishtirok etadi🏆🏆🏆🏆
2025-yil 3–6-iyul kunlari Belarus Respublikasining Minsk shahrida ot sportining to‘siqlardan sakrash yo‘nalishi bo‘yicha Yevroosiyo ligasi doirasida yirik xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tadi.✅✅✅✅
Mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston sharafini tajribali chavandozlar Kurbanov Begzod va Shokirov Dilshod himoya qiladi. Ular o‘z mahoratlari va yuqori sport tayyorgarliklari orqali xalqaro arenada mamlakatimiz bayrog‘ini munosib himoya qilishni rejalashtirmoqdalar.📖
Ushbu musobaqa Yevroosiyo mintaqasidagi eng kuchli chavandozlar ishtirok etadigan muhim sport voqeasi bo‘lib, u nafaqat sportchilarimiz uchun tajriba, balki xalqaro sport aloqalarini rivojlantirishda ham muhim omil hisoblanadi.🔗
O‘zbekiston chavandozlarining bunday xalqaro maydonlardagi ishtiroki mamlakatimizda ot sporti rivojlanayotganini va sportchilarimizning salohiyati yuksalib borayotganini yaqqol tasdiqlaydi.💤📊📊📊
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#sportuz #uz #Live #uzxabarlar #uzxabarlar #uzbekistan #KonniySport #ShowJumping #sportxabarlar ❗️