2025 yil 13 iyulMoskva viloyati, Rossiya Federatsiyasi📌📥O‘zbekistonlik sportchilar xalqaro

2025 yil 13 iyul
Moskva viloyati, Rossiya Federatsiyasi
📌📥

O‘zbekistonlik sportchilar xalqaro ot sporti musobaqasida ishtirok etmoqda

2025 yil 13 iyul kuni Rossiya Federatsiyasining Moskva viloyatida ot sportining “konkurniy bom ” bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qilib, sportchilarimiz Shokirov Dilshod Alimjanov Xurshidbek va Valijonov Boburjon faxr bilan ishtirok etmoqdalar.📌

Musobaqa 120-150 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash bo‘yicha o‘tkazilmoqda va unda dunyoning turli mamlakatlaridan eng kuchli chavandozlar qatnashmoqda. O‘zbekistonlik sportchilar bu musobaqada yuqori tayyorgarlik bilan ishtirok etib, Vatanimiz sharafini munosib himoya qilmoqdalar.

Mazkur musobaqa yosh sportchilarimiz uchun katta tajriba maktabi bo‘lib xizmat qiladi. Ularga kelgusi bahslar va yutuqlarda ulkan omadlar tilaymiz!🌎🌍
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
#ShowJumping #dunyoxabarlari #sportyanglik #olimpiyada #Live #SportYutuqlari #SportYutuqlari