Oliver Bilaud – Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik doirasida KSK Universal Horses Stable mehmoni🌎
📍Toshkent, 14 iyul 2025 yil
2025 yil 14 iyul kuni KSK Universal Horses Stable ot sporti markaziga tashrif buyurdi. Fransiyalik tajribali murabbiy va ot sporti mutaxassisi Oliver Bilaud markaz mehmoni bo‘ldi.🏆
Ushbu tashrifning asosiy maqsadi – 2025 yil kuz faslida bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik jarayonini kuchaytirish va xalqaro tajribani joriy etishdir. Oliver Bilaud o‘zining ko‘p yillik amaliy tajribasi, murabbiylik yondashuvi va strategik yondashuvlari bilan o‘z hissasini qo‘shmoqda.
KSK Universal Horses Stable rahbariyati tomonidan ta’kidlanganidek, mutaxassisning kelishi sportchilar tayyorgarligining yangi bosqichga ko‘tarilishiga xizmat qiladi. Oliver janoblari musobaqalarda muvaffaqiyat qozonish uchun zarur bo‘lgan intensiv mashg‘ulotlar, ot va chavandozlar o‘rtasidagi uyg‘unlik, mental tayyorgarlik kabi jihatlarda yaqindan maslahatlar bermoqda.
Bu tashrif doirasida Oliver Bilaud bir necha kun davomida sportchilar bilan bevosita ishlaydi va maxsus mashg‘ulot dasturlarini ishlab chiqadi.🐎✅
#dunyoxabaralari #dunyoxabaralari #OlympicDay #equestrianrules #uzxabarlar #cavallo 🎉

