UZBEKISTAN GLOBAL TOUR 20255-bosqich | 2025-yil 21-sentabr | UNIVERSAL

UZBEKISTAN GLOBAL TOUR 2025
5-bosqich | 2025-yil 21-sentabr | UNIVERSAL HORSES Stable
🏆🎉
2025-yil 21-sentabr kuni, yakshanba kuni, UNIVERSAL HORSES ot sporti majmuasida “Uzbekistan Global Tour 2025” musobaqalar seriyasining yakuniy – 5-bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu bosqichda butun mamlakat bo‘ylab eng kuchli chavandozlar va otlar ishtirok etdilar.
Musobaqa dasturiga har xil toifadagi yo‘nalishlar kiritilgan bo‘lib, ularda 90 sm dan 135 sm gacha bo‘lgan to‘siqlarda o‘tkazildi. Sportchilar yuqori tayyorgarlik darajasini, otlar bilan uyg‘unlikda ishlashni va g‘alabaga bo‘lgan irodani namoyish etdilar.
📌Yo‘nalishlar bo‘yicha natijalar:
🔹 Yo‘nalish №1. “A” (135 sm)
7 yosh va undan katta otlar uchun
🏆1-o‘rin –Fozilxojayev Ubaydullo – Chopet (razryad: KMS)
🥈2-o‘rin – Rozmuxamedov Bekzod – Akdarius (razryad: MS)
🔹 Yo‘nalish №2.”D” (125 sm)
Ochiq sinf
🥇1-o‘rin – Pastuxova Angelina – Ervin
🥈2-o‘rin – Seyntniyazova Yasmina – Kamerlan
🥉3-o‘rin – Ismailov Miryokub – Perfect
🔹 Yo‘nalish №3. Kategoriya “B” (110 sm)
5–7 yoshli otlar uchun
🥇1-o‘rin – Abdullayev Matrufbek – Yadgar Sher
🥈2-o‘rin – Abdurashidov Shavkat – Narletta A.V
🥉3-o‘rin – Usmonov Ulug‘bek – Karina
🔹 Yo‘nalish №4.”C” (110 sm)
2011–2015 yillarda tug‘ilgan bolalar uchun
🥇1-o‘rin – Nazarova Sevnich – Elis Ji
🥈2-o‘rin – Said-Axmedova Asalxon – Karina
🥉3-o‘rin – Yuldashev Yusuf – Shef Blyu
🔹 Yo‘nalish №5. “E” (105 sm)
Ochiq sinf
🥇1-o‘rin – Tohirjonov Lochin – Golden Star
🥈2-o‘rin – Yuldashev Alisher – Shef Blyu
🥉3-o‘rin – Sigidina Anna – Elis Ji
🔹 Yo‘nalish №6. Kategoriya “F” (90 sm)
Yangi boshlovchi chavandozlar va otlar uchun
🏅Ajoyib chiqishlar:
🥇Rozmuxamedov Bekzod – Samborero
🥈Abdugafforov Izzatullo – ABBA
🥉Sobirjonov Abdushukur – Mirka
“Yangi boshlovchi chavandozlar” toifasida:
🥇Qodirova Nilufar – Kalmatо
🥈Ubaydullaeva Aziza – muvaffaqiyatli debyut!
🏁 :
5-bosqich bilan Uzbekistan Global Tour 2025 musobaqalar seriyasi nihoyasiga yetdi. Unda sportchilar nafaqat sovrinlar, balki umumiy reytingdagi muhim ochkolar uchun ham kurashdilar. Bu bosqich yana bir bor O‘zbekistonda ot sportining yuqori darajada rivojlanayotganini va yosh avlod orasida unga bo‘lgan qiziqish ortib borayotganini isbotladi.
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#OliyMahorat #OtSportiFederatsiyasi #TeamUzbekistan #dunyoxabaralari #ShowJumping2025 #sportxabarlari ✔️🪧