2025-YIL 23-25 SENTABR KUNLARI OT YO‘RTTIRISH (DRESSAGE) BO‘YICHA ÓZBEKISTON KUBOGI BO‘LIB O‘TADI 🏆✔️
Ot sportining eng nafis va yuqori texnika talab qiluvchi yo‘nalishlaridan biri — Ot yo‘rttirish (Dressage) bo‘yicha musobaqalar 2025-yilning 23-25sentabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Musobaqa davomida chavandozlar o‘z otlari bilan birgalikda maxsus mashqlar majmuasini aniqlik, uyg‘unlik va estetik jihatdan mukammal bajarishga harakat qiladilar. Ayniqsa, KYuR (Kür) — musiqali chiqishlar ot sportini san’at bilan uyg‘unlashtirgan holda tomoshabinlarga unutilmas taassurot qoldiradi.
📅Musobaqa dasturi
23 sentabr | Dressage musobaqalarining 1-kuni
1. Katta Sovrin – 8 yosh va undan katta otlar uchun (ochiq toifa)
2. Kichik Sovrin – 7 yosh va undan katta otlar uchun (ochiq toifa)
3. Kichik sovrinda yurmagan otlar uchun -Shaxsiy Sovrin (o’smirlar)
4. Endigina boshlagan otlar uchun – Jamoaviy Sovrin
24 sentabr 2-chi kun
1. Katta sovrin – 8 yosh va undan katta otlar uchun (ochiq toifa)
2. O‘rta sovrin 1 – 7 yosh va undan katta otlar uchun (ochiq toifa)
3. Kichik sovrinda yurmagan otlar uchun – Dastlabki Sovrin (yoshlar)
4. Endigina boshlagan otlar uchun – Shaxsiy Sovrin
| Yakuniy bosqich 3-kun
1. KYuR Katta sovrin – 8 yosh va undan katta otlar uchun (ochiq toifa)
2. KYuR O‘rta sovrin 1– 7 yosh va undan katta otlar uchun (ochiq toifa)
3. KYuR Kichik sovrinda yurmagan otlar uchun – Dastlabki Sovrin (yoshlar)
🪧
Ot yo‘rttirish — bu chavandoz va ot o‘rtasidagi mukammal uyg‘unlikni ifoda etuvchi sport turi bo‘lib, har bir harakat aniqlik, muvozanat va estetika asosida baholanadi. Har bir chiqish — bu o‘ziga xos ijro, chidamlilik va yuksak tayyorgarlik mahsuli hisoblanadi.
Musoboqa vaqti 9:00 🕘
Manzil Universal horses stable 📍
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#dressage #xabarlar #Chavandozlar #ShowJumping #Cavallo #OtSporti2025 #olimpiyada