Chuqur qayg‘u bilan ma’lum qilamizki, ot sporti bo’yicha Respublika

Chuqur qayg‘u bilan ma’lum qilamizki, ot sporti bo’yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi sobiq direktori Sagdullayev Ravshan Sadirovich bu dunyodan ko‘z yumdi. U 15 yil davomida maktabni boshqardi va shu davrda ot sportiga juda ko‘p o’z hissalarini qo’shganlar. O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi hodimlari va rahbariyati Sagdullayev Ravshan Sadirovichning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi. Oila a’zolari va yaqinlariga sabr va kuch ato etsin, Alloh rahmat qilsin, ohiratlari obod bo‘lsin, joylari Jannatdan bo‘lsin.