🇪🇺 Yevroosiyo ot sporti assotsiatsiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
9-sentabr kuni Yevroosiyo ot sporti assotsiatsiyasining (EEA) onlayn yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga Assotsiatsiya prezidenti Marina Sechina rahbarlik qildi.
Yig‘ilishda EEA vitse-prezidenti, Markaziy Osiyo mintaqasi rahbari, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev, shuningdek, Federatsiya Bosh kotibi Aloxo’ja Shodixodjaev hamda xalqaro bo‘lim mutaxassisi Svetlana Tsoy ishtirok etishdi.
Yig‘ilish davomida Yevroosiyo mintaqasida ot sportini rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash bilan bog‘liq bir qator muhim masalalar muhokama qilindi. Jumladan:
• 2027-yilgi Yevroosiyo musobaqalari taqvimi;
• O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi tomonidan 2027-yilgi Yevroosiyo Ligasi doirasida o‘tkaziladigan musobaqalar soni;
• 2027-yilgi Yevroosiyo o‘yinlarining o‘tkazilish joyi va sanalari;
• 2027-yilgi MDH chempionati;
• 2028-yilgi Olimpiya o‘yinlariga, xususan, uchkurash yo‘nalishi bo‘yicha saralash masalalari;
• 2026-yil 2–5-dekabr kunlari Xitoyning Szyanyin shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Bosh assambleyaga tayyorgarlik masalalari.
Yig‘ilish yakunida Yevroosiyo mintaqasida ot sportini yanada rivojlantirish, hamkorlikni kengaytirish va kelgusidagi qo‘shma loyihalar yuzasidan fikr almashildi.
_
🇪🇺 Состоялось заседание Евразийской ассоциации конного спорта
9 сентября состоялось онлайн-заседание Евразийской ассоциации конного спорта (ЕЕА) под руководством президента Ассоциации Марины Сечиной.
В заседании принял участие вице-президент ЕЕА, руководитель Центрально-Азиатского региона, президент Федерации конного спорта Узбекистана Бахрамджон Валиевич Газиев, а также Генеральный секретарь Федерации Алохожа Шадиходжаев и специалист международного отдела Светлана Цой.
В ходе встречи были обсуждены вопросы дальнейшего развития и международного сотрудничества в сфере конного спорта, в частности:
• календарь евразийских соревнований на 2027 год;
• количество соревнований, проводимых Федерацией конного спорта Узбекистана в рамках Мира Евразийской Лиги 2027 года;
• место и даты проведения Евразийских игр 2027 года;
• проведение Чемпионата СНГ 2027 года;
• вопросы квалификации к Олимпийским играм 2028 года;
• подготовка к Генеральной ассамблее в Цзянъине (КНР), запланированной на 2–5 декабря 2026 года.
Стороны также обсудили дальнейшие совместные планы и перспективы развития конного спорта в евразийском регионе.

