Ot sporti trenerlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildiO‘zbekiston yilqichilik va ot

Ot sporti trenerlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi

O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ot sporti bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi tomonidan ot sporti trenerlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida ot sporti sohasida ish jarayonini to‘g‘ri tashkil etish, belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish, trenerlarning mas’uliyati hamda sportchilar bilan ishlashda yagona yondashuvni shakllantirish masalalariga e’tibor qaratildi. Shuningdek, ot sportining boy tarixini o‘rganish va uni yosh avlodga yetkazish, milliy ot sporti an’analarini asrab-avaylash va rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida trenerlar faoliyatida tartib-intizomni mustahkamlash, o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish hamda ot sportini yanada rivojlantirishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
___

Проведено собрание с тренерами по конному спорту

Федерация коневодства и конного спорта Узбекистана совместно с Республиканской школой высшего спортивного мастерства по конному спорту провела собрание с участием тренеров по конному спорту.

В ходе встречи основное внимание было уделено вопросам организации рабочего процесса, соблюдения установленных правил и порядка, ответственности тренеров, а также формированию единого подхода в работе со спортсменами. Отдельно была отмечена важность изучения и популяризации истории конного спорта, сохранения национальных традиций и передачи накопленного опыта молодому поколению.

По итогам собрания тренерам были даны соответствующие рекомендации по укреплению дисциплины, повышению уровня взаимодействия и последовательному развитию конного спорта в Узбекистане.