2025 yil 29-may 01-iyun kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida Yevrosiyo ligasi musobaqasi bo‘lib o‘tdi 🇰🇿🔗🇺🇿
2025 yil 30-may kuni Qozog‘istonning Ostona shahrida Yevrosiyo ligasi doirasida navbatdagi nufuzli xalqaro ot sporti musobaqasi o‘tkazildi. Ushbu tadbirda Yevrosiyo mintaqasining yetti davlatidan eng kuchli chavandozlar ishtirok etdi. ✅⚜️🐎
Musobaqaning 125 sm balandlikdagi konkur yo‘nalishida o‘tkazilgan bosqichi juda qizg‘in va murosasiz kechdi. Natijalar quyidagicha: 📨✅🔹🔗
125 sm yo‘nalishi bo‘yicha natijalar:
1-o‘rin — Andrey Tryapitsin (Qirg‘iziston) 🇰🇬
2-o‘rin — Xurshidbek Alimjanov (O‘zbekiston) 🇺🇿
3-o‘rin — Dayana Onaeva (Qozog‘iston) 🇰🇿
4-o‘rin — Azamat Khasenov (Qozog‘iston) 🇰🇿
5-o‘rin — Rinat Galimov (Qirg‘iziston) 🇰🇬
O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada munosib ishtirok etib, yuqori natijalar qayd etdi. Ayniqsa, 140 sm balandlikdagi yo‘nalishda o‘zbekistonlik chavandozlar yuksak darajadagi mahoratini namoyon etdi.
140 sm yo‘nalishi bo‘yicha natijalar:
1-o‘rin — Xurshidbek Alimjanov, ot: Champions League (O‘zbekiston) 🇺🇿
2-o‘rin — Akbar Sharipov, ot: Afir (O‘zbekiston) 🇺🇿
3-o‘rin — Begzod Kurbanov, ot: Matts V.G (O‘zbekiston) 🇺🇿
4-o‘rin — Kamil Sabitov, ot: Figaro (Qirg‘iziston) 🇰🇬
5-o‘rin — Okil Sobirjonov, ot: Parij (O‘zbekiston) 🇺🇿
Mazkur musobaqa Yevrosiyo mintaqasida sport aloqalarini mustahkamlash, yosh sportchilarni rag‘batlantirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Qozog‘istonning Ostona shahrida o‘tkazilgan ushbu nufuzli musobaqa kelgusida ham an’anaviy tarzda yuqori saviyada davom ettirilishi rejalashtirilmoqda.🏆
🎉🎉🎉
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
#feijumping #Uzbekistan #OtSporti #cavallo #KonniySport #uznews