🎉 Bugun, 7-sentabr kuni Xanifabonu Abilova o‘z tavallud ayyomini

🎉 Bugun, 7-sentabr kuni Xanifabonu Abilova o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda. O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi nomidan uni ushbu quvonchli kun bilan samimiy tabriklaymiz! Unga mustahkam sog‘liq, farovonlik, cheksiz kuch-g‘ayrat, yangi yorqin yutuqlar, baxt, omad va barcha ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!_ 🥳 Сегодня, 7 сентября, свой день рождения отмечает Абилова Ханифабону. От имени Федерации коневодства …

Bekzod Kurbanov Chiemsee Pferdefestival turniridagi ishtirokini 145 sm balandlikdagi

Bekzod Kurbanov Chiemsee Pferdefestival turniridagi ishtirokini 145 sm balandlikdagi yo‘nalish bilan yakunladi Germaniyada 2–6 sentyabr kunlari go‘zal Chiemsee ko‘li bo‘yidagi Gut Ising ot sporti majmuasida o‘tkazilgan Chiemsee Pferdefestival xalqaro turniri o‘z yakuniga yetdi. 6 sentyabr — musobaqaning yakuniy kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Bekzod Kurbanov o‘zining Matts VG laqabli oti bilan CSI2* – Grand Prix …

🇺🇿Bekzod Kurbanov — Ising am Chiemsee🇩🇪 turnirida ikkinchi o‘rinda!Germaniyaning

🇺🇿Bekzod Kurbanov — Ising am Chiemsee🇩🇪 turnirida ikkinchi o‘rinda! Germaniyaning Ising am Chiemsee shahrida ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi bo‘yicha CSI2* toifasidagi xalqaro musobaqa davom etmoqda. 5-sentabr kuni, musobaqaning to‘rtinchi kunida, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Bekzod Kurbanov Matts V.G. laqabli oti bilan to‘siqlar balandligi 145 sm bo‘lgan yo‘nalishda muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni egalladi. …

Xurshidbek Alimjanov — “Moskva meri kubogi” musobaqasining uchinchi kunida

Xurshidbek Alimjanov — “Moskva meri kubogi” musobaqasining uchinchi kunida g‘olib! 🏆 Moskvada 3–6-sentabr kunlari ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi bo‘yicha “Moskva meri kubogi” xalqaro musobaqasi davom etmoqda. 5-sentabr kuni, musobaqaning uchinchi kunida O‘zbekiston terma jamoa a’zosi Xurshidbek Alimjanov Champions League laqabli oti bilan to‘siqlar balandligi 130 sm bo‘lgan yo’nalishda 1-o‘rinni egalladi. Xurshidbek Alimjanovni ushbu …

Bekzod Kurbanov «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni

Bekzod Kurbanov «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni bilan taqdirlandi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ot sporti bo‘yicha sportchi Bekzod Kurbanov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ta’sis etilgan «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni bilan taqdirlandi. Mazkur esdalik nishoni mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning salohiyati va xalqaro nufuzini yuksaltirishga munosib …

🇩🇪🐎 Ising am Chiemsee xalqaro turniri davom etmoqdaGermaniyaning Ising

🇩🇪🐎 Ising am Chiemsee xalqaro turniri davom etmoqda Germaniyaning Ising am Chiemsee shahrida o‘tayotgan CSI2* xalqaro turnirida O‘zbekiston terma jamoa a’zosi Gaziyev Bahromjon Santos Hippica laqabli sport oti bilan navbatdagi startini o‘tkazdi. 3-sentabr kuni 140 sm balandlikdagi toifada ishtirok etgan sportchi yo‘nalishni 64,81 soniyada yakunladi. Ikki to‘siqdagi xatoga qaramay, juftlik yaxshi tezlik namoyish etdi. Agar …

🇺🇿 Xurshidbek Alimjanov MINI MASTERS finalida muvaffaqiyatli start oldi4–6

🇺🇿 Xurshidbek Alimjanov MINI MASTERS finalida muvaffaqiyatli start oldi 4–6 sentyabr kunlari Moskva shahridagi MAXIMA PARK ot sporti majmuasida ot sportining to’siqlardan sakrash (konkur) yo’nalishi bo‘yicha MINI MASTERS musobaqalar seriyasining 2026-yilgi yozgi mavsumi finali bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur nufuzli xalqaro musobaqada O‘zbekiston sharafini chavandoz Xurshidbek Alimjanov munosib himoya qilmoqda. Musobaqaning birinchi kunida Xurshidbek 125 sm balandlikdagi …

🇩🇪Germaniyada CSI2* xalqaro musobaqa davom etmoqdaGermaniyaning Ising am Chiemsee

🇩🇪Germaniyada CSI2* xalqaro musobaqa davom etmoqda Germaniyaning Ising am Chiemsee shahrida ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) yo’nalishi bo‘yicha CSI2* toifasidagi xalqaro musobaqa davom etmoqda. 4-sentabr kuni musobaqa dasturi doirasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Bekzod Kurbanov to‘siqlar balandligi 145 sm bo‘lgan yo‘nalishda Matts V.G. laqabli oti bilan ishtirok etdi. Sportchi yo’nalishni 76,68 soniya vaqt natijasi bilan …

🎉 Bugun, 4-sentabr kuni Abdullayeva Regina o‘z tavallud ayyomini

🎉 Bugun, 4-sentabr kuni Abdullayeva Regina o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda. O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi nomidan uni ushbu quvonchli kun bilan samimiy tabriklaymiz! Unga mustahkam sog‘liq, farovonlik, cheksiz kuch-g‘ayrat, yangi yorqin yutuqlar, baxt, omad va barcha ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!_ 🥳 Сегодня, 4 сентября, свой день рождения отмечает Абдуллаева Регина. От имени Федерации коневодства …

“Moskva meri kubogi” xalqaro musobaqasining ilk kunida Alimjonov Xurshidbek

“Moskva meri kubogi” xalqaro musobaqasining ilk kunida Alimjonov Xurshidbek — ikkinchi o‘rinda Moskvada ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi bo‘yicha “Moskva meri kubogi” xalqaro musobaqasi start oldi. Musobaqa 3–6 sentyabr kunlari davom etadi. Turnirning birinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Xurshidbek Alimjonov Champions League laqabli oti bilan 125 sm balandlikdagi to‘siqlardan iborat yo’nalishda ikkinchi o‘rinni …